Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda ilk bor Xalqaro oila kuni nishonlandi

O‘zbekistonda ilk bor Xalqaro oila kuni nishonlandi

Foto: Toshkent viloyati «Oila» boshqarmasi

15 may — Xalqaro oila kuni munosabati bilan Toshkent viloyati «Oila» boshqarmasi tomonidan «Farovon oilaning bunyodkor bo‘laylik!» va Rossiyaning milliy texnologik tadqiqotlar universiteti MISiSning Olmaliq filialida «Oilar mustahkamligini ta’minlashdagi muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari» mazuida  bayram o‘tkazildi.

Foto: Toshkent viloyati «Oila» boshqarmasi

Tadbirda mingdan ortiq viloyat ahli ishtirok etdi.

Ma’lumki, bugungi kunda Toshkent viloyatida 1026 ta MFY bo‘lib, unda 802 882 ta oila istiqomat qiladi. Viloyatda yashovchi 130dan ortiq millat vakillaridan iborat oilalar mazkur bayramga taklif etildi.

Tadbirlarda Respublika «Oila» markazi mas’ul xodimlari, tuman hokimliklari, FHDYo, ilm-fanga munosib hissa qo‘shgan olimlar, siyosiy partiya vakillari, mahalla faollari, ibratli oilalar va ommaviy axborot vositalari ishtirok etishdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring