Adliya vaziri o‘rinbosari bugun, soat 15:00 dan boshlab «Facebook»da aholi savollariga javob beradi
15-may — Xalqaro oila kuni munosabati bilan Adliya vazirligi tomonidan «Oilaga huquqiy yordam» onlayn-aksiyasi o‘tkaziladi. Bu haqda Adliya vazirligining axborot xizmati xabar bermoqda.
Aksiya doirasida Adliya vaziri o‘rinbosari Akbar Toshqulov 15-may soat 15:00 dan boshlab «Facebook»dagi «Adliya bilan muloqot/Dialog s yustitsiyey» sahifasi orqali onlayn-muloqotga chiqib, foydalanuvchilarning oila qonunchiligiga oid umumlashtirilgan va tasniflangan savollariga javob beradi.
Adliya vazirligining ma’lum qilishicha, savol-javobda qatnashish uchun «Telegram»dagi @oilakuniadliyabot telegram botiga yoki «Facebook»dagi «Adliya bilan muloqot/Dialog s yustitsiyey» sahifasiga savollaringizni yo‘llashingiz mumkin.
Bundan tashqari, bugun kun davomida Adliya vazirligi mutaxassislari onlayn tarzda yoki elektron pochta orqali aholiga bepul huquqiy maslahatlar berib boradi, ya’ni yo‘llangan savollarga javob beradi. Aksiya reglamenti va savollar yo‘llash tartibi bilan quyidagi havolada tanishishingiz mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter