Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

15 130 nafar ziyoratchi Hajga boradi

15 130 nafar ziyoratchi Hajga boradi

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi O‘zbekiston Musulmonlari idorasi bilan birgalikda «Haj-2024» dasturi doirasida Saudiya Arabistoniga charter yo‘lovchi aviaqatnovlarini amalga oshirishni boshlaydi.

23 maydan 7 iyunga qadar «Haj» dasturi bo‘yicha marosimlarni bajarish istagida bo‘lgan ziyoratchilar O‘zbekistonning 10 ta mintaqaviy xalqaro aeroportlaridan, xususan, Toshkent, Namangan, Farg‘ona, Buxoro, Samarqand, Qarshi, Termiz, Navoiy, Nukus va Urganch shaharlaridan Madina shahriga yetkaziladi. 

Aviakompaniya va O‘zbekiston Musulmonlari idorasi o‘rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq, joriy yilda 124 ta charter yo‘lovchi parvozlarini amalga oshirish va 15 130 nafar ziyoratchini tashish rejalashtirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring