14-may. «Ayollar olimpiadasi», birinchi aviayo‘lovchi, Gaaga konvensiyasi, Birodar Abduraimov 75 yoshda va boshqa voqealar

Bayram va muhim sanalar
- Mustaqillik kuni (Isroil).
- Konstitutsiya kuni (Filippin).
Voqea-hodisalar
- 1607-yil — inglizlarning Amerikadagi ilk doimiy manzilgohi — Jeymstaunga asos solindi.
- 1610-yil — Fransiya qiroli Genrix IV o‘ldirilganidan so‘ng 9 yoshli Lyudovik XIII taxtga o‘tirdi.
- 1869-yil — Oqto‘ba shahriga asos solindi.
- 1900-yil — Parijda II olimpiya o‘yinlari ochildi. Unda birinchi marta ayollar ham qatnashdi. Ayollar o‘rtasidagi birinchi Olimpiya chempioni — angliyalik Sharlotta Kuper.
- 1904-yil — Sent-Luis(AQSh)da III yozgi olimpiya o‘yinlari o‘tkazildi.
- 1908-yil — Uilbur Rayt aeroplanda ilk yo‘lovchi — Charlz U. Fernasni olib havoga ko‘tarildi. Parvoz uzunligi 600 metrni, davomiyligi 28,6 soniyani tashkil etdi.
- 1922-yil — Boshqirdiston markazi Sterlitamakdan Ufaga ko‘chirildi.
- 1927-yil — Meksika futbol federatsiyasi tuzildi.
- 1941-yil — Parijda nemis natsistlari 3600 nafar yahudiyni hibsga oldi.
- 1948-yil — mustaqil Isroil davlati tashkil etildi.
- 1954 yil — Gaagada BMTga a’zo mamlakatlar tomonidan qurolli nizolar paytida madaniy boyliklarni muhofaza qilishga qaratilgan Gaaga konvensiyasi qabul qilindi.
- 1963-yil — Kuvayt BMT a’zosiga aylandi.
- 1975-yil — Kiyevning «Dinamo» klubi birinchi marta UYeFA kubok egalari kubogini qo‘lga kiritdi.
- 1980-yil — Misr prezidenti Anvar Saodat Falastin muxtoriyati bo‘yicha Isroil bilan muzokaralarni to‘xtatdi.
- 1981-yil — Malta betaraf davlatga aylandi.
- 1993-yil — MDH iqtisodiy ittifoqi tuzildi.
- 1993-yil — Litva, Sloveniya va Estoniya Yevropa kengashiga qabul qilindi.
- 1998-yil — «Assoshieyted Press» agentligi 150 yilligini nishonladi.
Tavallud kunlari
- 1836-yil — Vilhelm Steynits, shaxmat bo‘yicha birinchi jahon chempioni.
- 1943-yil — Birodar Abduraimov, o‘zbek futbolchisi va murabbiyi.
- 1944-yil — Jorj Lukas, amerikalik kinorejissyor, prodyuser, ssenariynavis.
- 1951-yil — Robert Zemekis, amerikalik kinorejissyor va prodyuser.
- 1961-yil — Tim Rot, ingliz kinoaktyori.
- 1984-yil — Mark Sukerberg, «Facebook» asoschisi va rahbari.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter