13-aprel. Amerika fili, ruslarning trolleybusi, «soyada qolgan» Antonio Meuchchi va boshqa muhim voqealar

Bayram va muhim sanalar
- Butunjahon rok-n-roll kuni.
- Songkran — Yangi yil (Tailand, Nepal).
- Milliy kun (Chad).
Voqea-hodisalar
- 1111-yil — Genrix V Muqaddas Rim imperiyasi imperatori.
- 1204-yil — Konstantinopol To‘rtinchi salib yurishi qatnashchilari tomonidan bosib olindi va talon-toroj qilindi.
- 1598-yil — Fransiyada diniy urushlar tugadi.
- 1640-yil — Angliyada Qisqa parlamentning yig‘ilishi.
- 1759-yil — Bergen jangida fransuzlar g‘alaba qozondi.
- 1796-yil — Amerikaga birinchi fil olib kelindi.
- 1869-yil — Amerikalik Jorj Vestighauz temiryo‘l tormozi uchun patent oldi.
- 1870-yil — Nyu-Yorkda «Metropoliten» san’at muzeyiga asos solindi.
- 1902-yil — Peterburgda Rossiyadagi birinchi trolleybus sinovdan o‘tkazildi.
- 1904-yil — Port-Arturda «Petropavlovsk» bronenosetsining portlashidan rassom Vasiliy Vereshchagin va vitse-admiral Stepan Makarov halok bo‘ldi.
- 1919-yil — Koreya Respublikasida Muvaqqat hukumatning tuzilishi.
- 1923-yil — Londonda «Uembli» stadionining tantanali ochilishi.
- 1934-yil — Saratov (Rossiya)da qurilayotgan temiryo‘l ko‘prigi buzilib ketdi. Taxminan 150 kishi cho‘kib nobud bo‘ldi.
- 1934-yil — «Chelyuskin» ekspeditsiyasi ekipaji va qatnashchilarini qutqarish amaliyotining tugashi.
- 1941-yil — Sovet-yapon hujum qilmaslik to‘g‘risidagi pakti imzolandi.
- 1944-yil — Simferopolning fashistlardan ozod qilinishi.
- 1945-yil — Sovet qo‘shini Venani ishg‘ol qildi.
- 1962-yil — «The Beatles» guruhining «Star Club»dagi birinchi chiqishi.
- 1975-yil — Bayrutda falastin jangarilari va «Kataib» xristian partiyasi otryadlari o‘rtasidagi to‘qnashuv Livanda fuqarolar urushini boshlab berdi.
- 1975-yil — Chadda davlat to‘ntarishi.
- 2001-yil — Misrda arxeologlar oltin suvi yugurtirilgan 22 ta mumiyoni topishdi.
Tavallud kunlari
- 1519-yil — Yekaterina Medichi, Fransiya qirolichasi.
- 1743-yil — Tomas Jefferson, AQShning 3-prezidenti.
- 1808-yil — Antonio Meuchchi, italyan ixtirochisi, telefonning haqiqiy ixtirochisi (Aleksandr Belldan besh yil oldin ixtirosi uchun patent olgan).
- 1892-yil — Robert Uotson-Uatt, shotland fizigi, 1935 yili radarni ixtiro qilgan.
- 1906-yil — Semyuel Bekket, irland yozuvchisi, 1969 yili Nobel mukofotini qo‘lga kiritgan.
- 1960-yil — Rudi Fyoller, nemis futbolchisi va murabbiyi.
- 1963-yil — Garri Kasparov, shaxmat bo‘yicha jahonning 13-chempioni.
- 1978-yil — Karles Puyol, katalon futbolchisi («Barselona»)
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter