Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

120  ming AQSh dollari bilan ushlangan hokimlik xodimi yana eslandi

120  ming AQSh dollari bilan ushlangan hokimlik xodimi yana eslandi

Foto: «Xabar.uz»

Bugun Bosh prokuraturada bo‘lib o‘tgan Yer maydonlaridan noqonuniy foydalanish va egallab olishning oldini olish bo‘yicha Respublika komissiyasining kengaytirilgan yig‘ilishida Zangiota tuman hokimligi bo‘lim mudiri katta miqdorda pora olayotganida qo‘lga tushgani yana bir eslatib o‘tildi.

Ma’lumki, 2019-yilning dekabrida Zangiota tuman hokimligi umumiy bo‘lim mudiri 30 sotix yer maydonini  (har bir sotixini 4 mingdan hisoblab) 120 ming AQSh dollariga sotayotgan vaqtida jinoyat ustida ushlangandi.

Bosh prokuratura matbuot xizmatining bugungi yig‘lishga oid axborotidan bunday holat kam emasligi anglashiladi. Masalan, Buloqboshi tuman yer resurslari va kadastr bo‘limi boshlig‘i bir fuqaroga 4 sotix yerni uy-joy qurish uchun ajratib berish evaziga 4 ming AQSh dollari olganida jinoyat ustida ushlangan. Muborak tuman bo‘limi mutaxassisi esa issiqxona qurish uchun yer ajratishni va’da qilib, 14 ming AQSh dollari olganligi uchun sud hukmi bilan yetti yilga ozodlikdan mahrum qilingan.

Andijon shahar «Yermulkkadastr» rahbari ham bir fuqaroga 4 sotix yer ajratishni va’da qilib, 10 ming AQSh dollari olganligi uchun sud hukmi bilan 6 yilga «kesilib» ketdi.

Oltiariq tuman «Yermulkkadastr» mutaxassisi esa fuqaroga 5 gektar yerni bog‘ tashkil etish uchun ajratib berish evaziga 22 ming AQSh dollari va 28 mln. so‘m olgan vaqtida jinoyat ustida ushlangan.

O‘tgan ikki yilda hokimliklarning 23 nafar, arxitektura va qurilish idoralarining 14 nafar xodimi yer bilan bog‘liq jinoyatlari uchun javobgarlikka tortilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring