Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

11 yanvar – Xalqaro qo‘riqxonalar va milliy bog‘lar kuni (video)

11 yanvar – Xalqaro qo‘riqxonalar va milliy bog‘lar kuni (video)

Bugun Xalqaro qo‘riqxonalar va milliy bog‘lar kuni nishonlanmoqda. Sana 1997 yilda Yovvoyi tabiatni muhofaza qilish markazi va Butunjahon yovvoyi tabiat fondi tashabbusi bilan tashkil etilgan.

Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar (METH) butun dunyoda biologik xilma-xillikni saqlashning muhim markazlari hisoblanadi. Qo‘riqxonalar va milliy bog‘lar xodimlarining vazifasi o‘simlik va hayvonlarning genetik fondini saqlash, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, muhofaza etiladigan hududlarning o‘simlik va hayvonot dunyosini brakonerlardan himoya qilishdir.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tasarrufidagi muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning umumiy maydoni 6,321 million gektarni (mamlakat hududining 14,08 foizini) tashkil etadi. Muhofaza hududlari tizimiga quyidagilar kiradi: 7 ta davlat qo‘riqxonasi, 1 ta milliy bog‘, 12 ta tabiiy bog‘, 11 ta davlat tabiat yodgorligi, 12 ta qo‘riqxona, 2 ta biosfera rezervati va 1 ta ixtisoslashtirilgan pitomnik – «Jayron» ekomarkazi.

Bu hududlarda O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan 102 turdagi umurtqali hayvonlar va 280 turdagi o‘simliklar ro‘yxatga olingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring