11-may. «Olmos sutra», moliyaviy inqiroz, mustaqil Bahrayn, kompyuterga yengilgan Kasparov va boshqa voqealar

Bayram va muhim sanalar
- Konstitutsiya kuni (Laos).
- Birinchi egat olish bayrami (Tailand).
Voqea-hodisalar
- 868-yil — xitoylik monax Van Sze «Olmos sutra»ni tayyorladi. Bu bizgacha yetib kelgan sanasi aniq ko‘rsatilgan yozma hujjatlarning eng qadimiysidir.
- 1709-yil — Pfals nemislari ommaviy ravishda Shimoliy Amerikaga ko‘chib ketishni boshladi.
- 1858-yil — Minnesota 32-shtat sifatida AQSh tarkibiga kirdi.
- 1867-yil — London konferensiyasida Yevropa yetakchi mamlakatlari Lyuksemburg gersogligi mustaqilligini kafolatlashdi.
- 1920-yil — Oksford universiteti eshiklari ayollar ta’lim olishi uchun ochildi.
- 1927-yil — Amerika kinosan’at akademiyasi tashkil etildi.
- 1928-yil — Nyu-Yorkda dunyoda birinchi bo‘lib muntazam teletranslyasiyalar yo‘lga qo‘yildi.
- 1931-yil — Markaziy Yevropada moliyaviy inqiroz boshlandi.
- 1939-yil — Xalxin-Gol nizosi boshlandi.
- 1941-yil — Ikkinchi jahon urushi: fashistlar aviahujumlari oqibatida Londonning bosh konsert zali — «Kuins-holl» butunlay vayron qilindi.
- 1944-yil — Qrim tatarlarini deportatsiya qilish haqida qaror chiqdi.
- 1949-yil — Isroil BMTga a’zo bo‘ldi.
- 1949-yil — Siam qirolligiga Tailand nomi berildi.
- 1949-yil — Nyu-Yorkda birinchi «Polaroid» fotoapparatlari sotuvga chiqdi.
- 1961-yil — «Ka-25» vertolyoti birinchi parvozini amalga oshirdi.
- 1967-yil — Buyuk Britaniya, Daniya va Irlandiya Yevropa iqtisodiy ittifoqiga a’zo bo‘lishini rasman ma’lum qildi.
- 1970-yil — BMT Xavfsizlik kengashi Bahrayn oroliga mustaqillik berish to‘g‘risida qaror chiqardi.
- 1996-yil — Jomolungma cho‘qqisiga ko‘tarilayotgan 8 nafar alpinist halok bo‘ldi.
- 1997-yil — shaxmat bo‘yicha jahon chempioni Garri Kasparov IBM «Deep Blue» kompyuteriga yengildi.
- 2000-yil — Hindistonda mamlakatning milliardinchi fuqarosi — Asta Arora tug‘ildi.
Tavallud kunlari
- 1720-yil — Karl Fridrix Iyeronim fon Myunxgauzen, nemis baroni, uning hikoyalari asosida mashhur asar — «Baron Myunxgauzenning sarguzashtlari» paydo bo‘lgan.
- 1854-yil — Otmar Mergentaler, amerikalik asli kelib chiqishi nemis ixtirochi, linotipni ixtiro qilgan.
- 1904-yil — Salvador Dali, ispan rassomi.
- 1930-yil — Edsger Deykstra, holland matematik-dasturchisi, tizimli dasturlash asoschilaridan biri.
- 1974-yil — Benua Majimel, fransuz aktyori.
- 1984-yil — Andres Inesta, ispaniyalik futbolchi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter