10 kunda YTHlarda 54 kishi vafot etgani ma’lum bo‘ldi

IIV YXHBB matbuot xizmati respublika hududida joriy yilning 21-31-yanvar kunlarida sodir bo‘lgan yo‘l transport hodisalari to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tdi.
Unga ko‘ra, ushbu vaqt oralig‘ida 125 ta YTH sodir bo‘lgan. 54 kishi vafot etgan. Shuningdek, 94 kishi tan jarohati olgan.
Bolalar ishtirokidagi YTHlar 12, jami piyodalar bilan sodir bo‘lganlari esa 55 tani tashkil etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter