Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

1-iyuldan boshlab nikoh shartnomasini notarial tasdiqlaganlik uchun boj bekor qilinadi

1-iyuldan boshlab nikoh shartnomasini notarial tasdiqlaganlik uchun boj bekor qilinadi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori imzolandi. Qaror matni O‘zAda keltirilgan.

Qarorga muvofiq, 2018-yilning 1-iyulidan nikoh shartnomasini va aliment to‘lash haqida kelishuvni notarial tasdiqlaganlik, sudlar tomonidan otalikni tan olish (belgilash), bolaning u yoki bu onadan tug‘ilganligi, shuningdek, tug‘ilgan vaqti faktlarini aniqlash to‘g‘risidagi arizalarni ko‘rganlik uchun davlat boji undirilishi bekor qilinsin.

FHDYo organlarini, O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi konsullik muassasalarini va fuqarolar yig‘inlarini qat’iy hisobda turuvchi gerbli guvohnomalar blankalari bilan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ta’minlashning amaldagi tartibi saqlab qolinsin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring