Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

1-dekabrdan nimalar o‘zgaradi?

1-dekabrdan nimalar o‘zgaradi?

2023-yil 1-dekabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy o‘zgarishlar sharhini Norma.uz portali taqdim etdi.

Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdori oshirilmoqda

Budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdori 7 foizga, BHM – 3 foizga oshmoqda. Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – oyiga 1 050 000 so‘m; pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 372 000 so‘mni tashkil etadi.

Aholi va biznesdan bir qator ma’lumotlarni talab qilish to‘xtatiladi

Aholi va tadbirkorlik sub’yektlaridan 47 turdagi ma’lumotlarni talab qilish bekor qilinmoqda. Tegishli ma’lumotlarni «Raqamli hukumat» tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasida raqamli shaklda olish mumkin.

Olib chiqib ketiladigan naqd xorijiy valyutasi miqdori oshirilmoqda

Jismoniy shaxslar tomonidan olib kirilayotgan va olib chiqib ketilayotgan 100 mln so‘m ekvivalentidan ortiq miqdordagi milliy naqd valyuta va (yoki) naqd chet el valyutasi yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini to‘ldirish va bojxona organi xodimiga taqdim etish yo‘li bilan bojxona nazoratidan o‘tkaziladi (ilgari bu miqdor 70 mln so‘mni tashkil etgan).

Ayrim davlat xizmatlari MIZ direksiyalari tomonidan ko‘rsatiladi

Quyidagi davlat xizmatlari, YaIDXP va davlat xizmatlari markazlaridan tashqari, bevosita maxsus iqtisodiy zonalar direksiyasi tomonidan ham amalga oshiriladi:

  • investitsiya loyihalarini joylashtirish;
  • ishtirokchilarni ro‘yxatga olish;
  • investitsiya loyihalarni amalga oshirish va ijara shartnomalarini imzolash.

Nasldor chorva mollariga QQS to‘lash tizimi o‘zgarmoqda

Chorvachilik xo‘jaliklari o‘z ehtiyoji uchun import qilgan nasldor qoramollarga hisoblangan QQSni Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining kafolati asosida 180 kun ichida to‘lab berish tizimi joriy etiladi. 

«Tashqi reklama» raqamli monitoringi ishga tushiriladi

Reklama joyi pasportini shakllantiruvchi «Tashqi reklama» raqamli monitoring elektron tizimi ishga tushirilmoqda.

Auksion natijalari bo‘yicha to‘lov hamda reklamani joylashtirish uchun yig‘im o‘rniga miqdori ochiq elektron auksion orqali aniqlanadigan yagona har oylik yig‘im kiritilmoqda. 

Zilzilalar haqida erta ogohlantirish milliy tizimi ishga tushiriladi

Magnitudasi 5 va undan yuqori balli zilzilalar ro‘yxatga olinganda «Kuchli zilziladan ogohlantirish» mobil ilovasi orqali aholiga qisqa soniyalarda respublikaning aniqlangan hududlarida kuchli zilzila kuzatilishi to‘g‘risida tezkor xabarnoma yuboriladi.
 
Sport maktablarga qabul davlat xizmatlari markazi va YaIDXP orqali

Davlat sport-ta’lim muassasalariga;

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi futbol akademiyalariga o‘quvchilarning hujjatlarini qabul qilish hamda ularning o‘qishini ko‘chirishni endilikda davlat xizmatlari markazi va YaIDXP orqali ko‘rsatiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring