Yangiyer erkin iqtisodiy zonasida afg‘on va xitoy investorlari korxona qurishni boshladi
Yangiyer shahar hokimligi va Investitsiya va tashqi savdo bo‘limi tomonidan Yangiyer Erkin iqtisodiy zonasi hududida bir yo‘la ikkita to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya ishtirokidagi loyihalar qurilishiga start berildi. Bu haqda Sirdaryo viloyati hokimligi Axborot xizmati xabar berib o‘tdi.
Ulardan biri 2020 yil IV chorakda ishga tushirish rejalashtirilgan har-xil turdagi gazobloklar ishlab chiqarishga mo‘ljallangan Xitoy investorlari ishtirokidagi «NANOBLOCK» MChJdir. Korxonaning umumiy qiymati 7.5 mln AQSh dollarni tashkil etib, mahsulotlarning 70% eksporga mo‘ljallangan.
Navbatdagi loyha, Afg‘onistonlik investor «YANGIYER FLOUR TRADING» MChJ rahbari Shafiq Alimiga tegishli bo‘lib, loyhaning umumiy qiymati 3.5 mln AQSh dollarini tashkil qiladi. Korxona bug‘doyni qayta ishlab un mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan. 2020 yil yakuniga qadar ishga tushirilishi rejalashtirilyotgan mazkur korxona mahsulotlari 100 % eksportga yo‘naltirish ko‘zda tutilmoqda.
Xar ikkala loyihalar ishga tushishi natijasida 130 dan oshiq yangi ish o‘rinlari yaratiladi. Malumot o‘rnida shuni aytish mumkinki, Yangiyer «EIZ» hududida bugungi kunda un mahsulotlari ishlab chiqaruvchi «Inter Greyn» MChJ korxonasi mavjud. Mazkur korxona 2018 yilda ishga tushirilgan bo‘lib, bugungi kunda korxona tomonidan 6.5 mln AQSh dollarlik investitsiya jalb qilingan va 4.0 mln AQSh dollarlik eksport amalga oshirilgan.
Bu o‘z navbatida Yangiyer shahrining 75 % eksport ko‘rsatkichini o‘z ichiga oladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter