Xalq bankining Toshkent shahridagi barcha filiallari tushlik payti ham ishlaydi
Aksiyadorlik tijorat Xalq bankining Toshkent shahridagi mavjud 11 ta filialida tushliksiz ishlash tartibi joriy etildi. Mijozlarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish, aholining tushlik paytidagi vaqtidan unumli foydalanish maqsadida ushbu yangilikka qo‘l urildi.
Eslatib o‘tamiz, har bir qishloqda, aholi yashaydigan joyda, har bir xo‘jalik hududida bank infratuzilmasini yaratish, respublikada yashovchi har bir kishi bank xizmatlari tizimidan foydalanishini ta’minlash, xizmat ko‘rsatish madaniyati va sifatini jahon andozalari darajasiga yetkazgan holda aholiga keng ko‘lamli bank xizmatlari ko‘rsatish Xalq bankining asosiy vazifalari etib belgilangan.
Ayni paytda bank tomonidan qolgan filiallarda ham ushbu xizmatni bosqichma-bosqich joriy etish ishlari olib borilmoqda.
Reklama huquqi asosida
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter