Xalq banki «Visa» kartalarini bepul ochish imkonini taqdim etdi
Xalq banki jismoniy shaxslar uchun «VISA» xalqaro to‘lov kartalarini ochish 2018 yil oxiriga qadar bepul amalga oshirilishini ma’lum qildi.
Xalq banki barcha filiallarida o‘zining plastik kartochkalariga ega mijozlariga VISA xalqaro to‘lov kartochkalariga chet el valyutasini «Xalq mobayl» mobil ilovasi yordamida onlayn rejimda konversiya qilish imkoniyatini yaratdi.
Bunda, Xalq bankida ochilgan «VISA» xalqaro to‘lov kartochkasi orqali internet tizimiga ulanib, dunyoning istalgan internet do‘konlari orqali xaridlarni amalga oshirish, mehmonxona va aviachiptalarni bron qilish operatsiyasini amalga oshirish mumkin.
Xorijiy valyuta sotib olish uchun bankka borib, vaqt sarflashga hojat yo‘q, «Xalq mobayl» dasturi orqali istalgan vaqtda konversiya amaliyotini bajarish mumkin.
Ushbu xizmatdan foydalanish uchun Xalq bankining barcha filiallariga murojaat qilish mumkin.
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun (+998 71) 200-00-55, 120-17-70. 120-17-72 raqamlariga qo‘ng‘iroq qilish yoki Xalq bankining rasmiy sayti www.xb.uzga kirish mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter