Xalq banki raisining birinchi o‘rinbosari ishdan ketdi
Xalq banki Boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari Dilmurod Nuritdinov o‘z arizasiga binoan lavozimidan ozod etilgan.
Qayd etilishicha, D. Nuritdinov 2020-yilning 28-dekarida oilaviy sharoiti sabab ishdan bo‘shash haqida ariza yozgan. Bank Kuzatuv kengashining joriy yil 6-yanvar kungi qarori bilan egallab turgan lavozimidan ozod etilgan va Boshqaruv a’zoligidan chiqarilgan.
Eslatib o‘tamiz, Dilmurod Nuritdinov 2019-yilning oktyabrida ushbu lavozimga tayinlangan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter