Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xalq banki Bosh ofisi uchun yangi bino qurilishi bo‘yicha tanlov e’lon qildi

Xalq banki Bosh ofisi uchun yangi bino qurilishi bo‘yicha tanlov e’lon qildi

Foto: «Xabar.uz»

Tanlov maqsadi: Xalq banki Bosh ofisi uchun yangi bino qurilishi bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash yuzasidan loyihachi tashkilotlari o‘rtasida tanlov e’lon qiladi.

  1. Amalga oshirish muddati: 20 kun
  2. Buyurtmachi: Aksiyadorlik tijorat Xalq banki.
    Buyurtmachi manzili: 100096, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Qatortol ko‘chasi, 46-uy.
  3. Loyihani moliyalashtirish: Bank o‘z mablag‘lari hisobidan.
  4. Quyidagi tashkilotlar tanlovda ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi:

4.1. Qayta tashkil topish, tugallanish va bankrotlik holatida bo‘lgan;

4.2. Belgilangan muddatda tanlovda ishtirok etish uchun zarur hujjatlarini taqdim etmagan;

4.3.Buyurtmachi bilan avval tuzilgan shartnomalar bo‘yicha olingan majburiyatlarni kerakli tarzda bajarmagan tashkilotlar.

  1. Tanlov ishtirokchilari quyidagi talablarga javob berishlari shart:

5.1. III toifa (kategoriya) maxsus litsenziyaga ega bo‘lishi;

5.2. Ko‘p qavatli binolar (7 etajdan yuqori)ni loyihalash bo‘yicha tajribaga ega bo‘lishi;

5.3. Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish yuzasidan tajribaga ega bo‘lishi lozim;

5.4. Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bo‘yicha zarur bo‘lgan mutaxassislarga ega bo‘lishi lozim;

5.5. Shartnoma tuzish yuzasidan fuqarolik muomala huquqiy layoqat va vakolatlarga ega, tajribali va ishonchli bo‘lishlari shart.

  1. Tanlov ishtirokchisi tashkilot haqida alohida, narxlari bo‘yicha alohida konvertda xujjatlarni taqdim etishi shart:

6.1. Birinchi konvertda quyidagi hujjatlar bo‘lishi kerak:

- Tanlovda ishtirok etish uchun ariza xati(ilovadagi 1-shaklga ko‘ra);

- Da’vogarning davlat ro‘yxatidan o‘tganligi haqidagi hujjatlari nusxasi;

- Tashkilot to‘g‘risidagi umumiy ma’lumot (ilovadagi 2-shaklga ko‘ra);

- davlat ruyxatidan o‘tganligi to‘g‘risida guvohnoma nusxasi;

- loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bo‘yicha litsenziya nusxasi;

- tashkilot tomonidan loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilgan tashkilotlar ro‘yxati;

- shuningdek, 5.1,5.2, 5.3, 5.4 va 5.5-bandlar bo‘yicha asoslantiruvchi hujjatlar.

6.2.  Ikkinchi konvertda quyidagi hujjatlar bo‘lishi kerak:

       - Moliyaviy tijoriy taklif(ilovadagi 3-shaklga muvofiq).

  1. Tanlov taklifi doirasida taqdim qilinadigan barcha hujjatlar to‘liq to‘ldirilishi, tanlov ishtirokchisining vakolatli vakili tomonidan imzolangan bo‘lishi, barcha hujjatlar tikilgan, nomerlangan va tanlov ishtirokchisining muhri bilan tasdiqlangan bo‘lishi shart.
  2. Tanlov hujjatlari bir nusxada muhrlangan va tanlov ishtirokchisining vakolatli vakili tomonidan imzolangan ikki qavatli konvertda taqdim qilinishi kerak. Imzolash va muhrlash konvert yelimlangan joyida bajarilishi lozim. Tashqi konvertda Ishchi organning nomi, manzili, tanlov predmeti, tanlov ishtirokchisining to‘liq nomi keltiriladi.
  3. Tanlov ishtirokchisi hujjatlarni to‘liq va belgilangan tartibda taqdim etmagan holatda Tanlov komissiyasi ushbu ishtirokchini tanlovda ishtirok etishga yo‘l qo‘ymaslikka haqli.

10.Tanlovda qatnashish bo‘yicha qo‘shimcha hujjatlarni – Toshkent shahri, Qatortol ko‘chasi, 46-uy yoki  aksiyadorlik tijorat Xalq bankiga telefon bo‘yicha murojaat qilishlari mumkin(ilovadagi 4-shaklga muvofiq).

Telefon: (94) 610-55-75 Ergashev Odil,  (71) 268-97-01 Kan Anatoliy Sergeyevich.
e-mail: [email protected]

  1. Tanlovda ishtirokchilarning takliflari 2018-yil 30-iyulga qadar qabul qilinadi.
  2. Ushbu tanlovga oid qo‘shimcha ma’lumotlarni ushbu manzildan olishingiz mumkin.

Reklama huquqi asosida

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring