Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xalq banki bankomatlar sotib olish bo‘yicha tanlov e’lon qiladi

Xalq banki bankomatlar sotib olish bo‘yicha tanlov e’lon qiladi

Foto: «Xabar.uz»

Aksiyadorlik tijorat Xalq banki bankomatlar sotib olish bo‘yicha tanlov e’lon qildi.

  1. Tanlov maqsadi: AT Xalq bankiga 24 dona bankomat (Cash out) sotib olish.
  2. Tanlov komissiyasi ishchi organi manzili: Aksiyadorlik tijorat Xalq banki, 100000, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Qatortol ko‘chasi, 46 uy. Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun: Rustamov Eldor (91) 552-33-44.
  3. Tanlovda ishtirok etuvchilar uchun talab:
  • Taklif etilayotgan bankomatlar dasturiy ta’minoti UzCard to‘lov tizimiga mos bo‘lishi (Protsessing markazlari bilan yozishmasi) kerak;
  • Bankomatlarning kafolat muddati 1 yildan kam bo‘lmasligi kerak;
  • Tanlov shartlari bo‘yicha batafsil ma’lumotlarni dushanba-juma kunlari soat 09-00 dan 18-00 ga qadar yuqorida ko‘rsatilgan manzil va telefonlar orqali olish mumkin.
  1. Tijorat takliflar (texnik talablar bo‘yicha alohida, narxlari bo‘yicha alohida konvertga joylangan va tashkilot muhri bilan muhrlangan bo‘lishi lozim) 2018 yilning 25 oktyabr kuni soat 18:00 ga qadar qabul qilinadi.

Reklama huquqi asosida

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring