Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Viloyat hokimlariga yangi vakolatlar berildi

Viloyat hokimlariga yangi vakolatlar berildi

Foto: crimea-news.com

Davlat mulki ob’yektlarini va yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni tadbirkorlik sub’yektlariga sotish tartibini soddalashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Prezident Farmoni qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Farmonga muvofiq 2019-yilning 1-apreliga qadar davlat ob’yektlari va yerlarga bo‘lgan huquqlarni sotish tartibini soddalashtirish bo‘yicha eksperiment o‘tkaziladi.

Eksperiment doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi va viloyat hokimlariga quyidagi huquqlar berildi:

  • bo‘sh turgan davlat ob’yektlarini 1 so‘mga teng qiymatdagi boshlang‘ich narxda (keyingi har bir qadam 1 mln so‘mdan) elektron auksion orqali sotish;
  • yerlar va bo‘sh turgan davlat ob’yektlarini investitsiyaviy (kamida 1 mln. AQSh dollari ekvivalentida) va ijtimoiy majburiyatlar yuklangan holda auksion o‘tkazmasdan sotish;
  • sug‘orilmaydigan yerlar toifasiga kiradigan yerlardan 50 yilga foydalanish huquqini investitsiyaviy (kamida 1 mln. AQSh dollari ekvivalentida) va ijtimoiy majburiyatlar yuklangan holda sotish;
  • avtomobil yo‘llariga tutash hududlardagi har qanday yerlarni yo‘lbo‘yi va turistik infratuzilma ob’yektlarini qurish uchun elektron auksion orqali sotish;
  • savdo-ko‘ngilochar va umumiy ovqatlanish ob’yektlari faoliyati tungi vaqtda cheklashga yo‘l qo‘yilmaydigan hududlarni tashkil etish.

Yerlarni sotishdan tushgan mablag‘lar ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvatlash yo‘naltiriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring