VEON O‘zbekistonda IT-ta’limni rivojlantirish uchun Astrum IT Academy bilan hamkorlik qiladi
Sun’iy intellekt va katta ma’lumotlar tahlili bo‘yicha o‘quv darslari VEON tomonidan «Raqamli O‘zbekiston-2030» dasturi doirasida yangi ta’lim muassasasida o‘tkaziladi.
VEON Ltd. (NASDAQ: VEON, Euronext Amsterdam: VEON), aloqa va internet xizmatlarini yetkazib berish bo‘yicha dunyoning yetakchi provayderi, O‘zbekistondagi yetakchi ed-tech kompaniyasi Bilim Tech bilan Astrum IT Akademiyasini ishga tushirishda rasmiy hamkor bo‘lish orqali o‘zaro anglashuv Memorandumini imzoladi.
O‘zbekiston hukumati tashabbusi bilan Toshkent viloyatida yangi o‘quv yurti qurildi. Akademiya har yili 2 000 ta talabalarni IT-mutaxassisligi sohasida AI dasturiy ta’minotini ishlab chiqish, katta ma’lumotlar tahlili va dasturiy injiniring yo‘nalishlarida o‘qitadi. Astrum mamlakatda texnologiyaga asoslangan iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishga qaratilgan «Raqamli O‘zbekiston 2030» dasturining asosiy tarkibiy qismidir.
VEON’ning yetakchi IT-mutaxassislari Astrum’da talabalarga ma’ruza o‘qiydilar va ular sun’iy intellekt va katta ma’lumotlar sohasidagi haqiyqiy loyihalarida ishtirok yetish orqali ilg‘or IT-ko‘nikmalarini rivojlantirishlari mumkin bo‘ladi. VEON mutaxassislari rahbarligida talabalar uyali aloqa operatorining haqiqiy, shaxsiylashtirilmagan ma’lumotlari asosida IT-yechimlarini ishlab chiqadilar.
Bundan tashqari, akademiya talabalari Beeline Uzbekistan’da amaliyot o‘tashlari va boshqa VEON operatsion kompaniyalarida ishlash imkoniyatiga ega bo‘lishlari mumkin. Astrum bilan yangi hamkorlik VEON kompaniyasining O‘zbekistonda ta’lim sohasini rivojlantirishga qaratilgan loyihalardagi ishtirokining davomi hisoblanadi. Shu tariqa, Beeline mobil operatori hozirning o‘zida mamlakatimizdagi umumta’lim maktablarini jihozlab, qo‘llab-quvvatlamoqda.
VEON bilan hamkorlikda Astrum IT Academy uch yillik dastur davomida har bir guruhda 400 nafar talabani tayyorlaydi. Barcha talabalarga eng yangi texnologiyalardan foydalanish imkoniyati yaratiladi va mashg‘ulotlar maxsus qurilgan muassasada o‘tkaziladi. Talabalar dasturiy ta’minotni ishlab chiqish yoki katta ma’lumotlar tahlili bo‘yicha ixtisoslashishtirilgan yo‘nalishni tanlashlari mumkin. Eng yaxshi talabalarga VEON’da malaka o‘tash va uzoq muddatli ish taklif etiladi. Shu bilan ularning 10 foizgachasi kelgusi yillarda kompaniyaga qo‘shilishi kutilmoqda.
«Ta’lim, xususan, raqamli ta’lim XXI asrda iqtisodiyotni qayta ko‘rib chiqishning asosiy yo‘lidir, - dedi VEON ma’muriyati boshlig‘i George Xeld. – O‘zbekiston mamlakatni yangi iqtisodiy kelajak sari yetaklay oladigan mehnat kadrlarini maqsad bilan shakllantirilmoqda. Astrum bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik doirasida biz iqtidorli talabalar bilan tajriba, bilim va shaxsiylashtirilmagan ma’lumotlarni almashish imkoniyatiga ega bo‘lamiz. Kelajakda ular informatika sohasidagi oliy ma’lumotli mutaxassislar va ekspertlar bo‘lib, O‘zbekiston va boshqa mamlakatlardagi xodimlarimiz safiga qo‘shiladi».
«Kompaniyamizda kuchli IT-jamoa mavjud bo‘lib, bu bizga O‘zbekiston bozorida yetakchi o‘rinlardan birini egallash imkonini beradi. Mutaxassislarimiz to‘plagan tajriba Astrum IT Academy talabalari uchun foydali bo‘lishi shubhasiz. Ishonchim komilki, Beeline Uzbekistan’ning yordami mamlakatning raqamli iqtisodiyotini rivojlantirishi kerak bo‘lgan yosh mutaxassislarning umumiy kasbiy darajasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi», — deydi Beeline Uzbekistan Bosh direktori Andjey Malinovski.
«O‘zbekiston hukumati tomonidan IT-kompaniyalar uchun yaratilayotgan rag‘batlantirish chora-tadbirlari tufayli O‘zbekistonda dasturiy ta’minot muhandislariga talab keskin oshdi, – deydi Astrum IT Academy asoschisi Botir Arifdjanov. – Kremniy vodiysidagi hamkorlarimiz bilan birgalikda biz O‘zbekistonga sun’iy intellekt va «peer -to-peer» yondashuviga asoslangan yangi IT-ta’lim texnologiyasini olib kelyapmiz, shu tariqa talabalar bilim almashadilar va haqiqatda bir-birlariga o‘rgatadilar va o‘rganadilar. Bizning VEON bilan hamkorligimiz esa, talabalarga amaliy bilim olishga va SI va Big Data sohasida professional bo‘lishga yordam beradi».
VEON’ning operatsion kompaniyalari mavjud bo‘lgan boshqa mamlakatlardagi ta’lim loyihalarida ham ishtirok yetadi. Rossiya va Ukrainada VEON «Beeline» universiteti orqali texnologik ta’limni qo‘llab-quvvatlaydi, bu yerda talabalar zamonaviy IT-vositalarini o‘rganadilar, real muammolarni hal qiladilar va haqiqiy ma’lumotlar to‘plamlaridan foydalanish imkoniyatiga yega bo‘ladilar. VEON shuningdek, ko‘plab mamlakatlardagi 274 000 dan ortiq ishtirokchiga ega bo‘lgan savodxonlik dasturlarini qo‘llab-quvvatlaydi.
VEON kompaniyasi haqida
VEON - NASDAQ va Euronext Amsterdam birjalar ro‘yxatiga kiritilgan, aloqa xizmatlari va raqamli xizmatlarni yetkazib beruvchi global provayderi. Kompaniyalarimiz dunyoning yeng tez rivojlanayotgan bozorlarini qo‘llab-quvvatlovchi texnologiya xizmatlari bilan turmush tarzini o‘zgartirmoqda. Qo‘shimcha ma’lumot uchun https://www.veon.com saytiga tashrif buyuring.
Astrum IT akademiyasi haqida
Astrum IT Academy «peer-to-peer» ta’lim muhitida IT-sanoatning rivojlanayotgan ehtiyojlariga muvofiq ishlab chiqarilgan yuqori sifatli o‘quv dasturlarini taklif etadi. IT Academy talabalari Kremniy vodiysi standartlariga javob beradigan innovatsion dastur bo‘yicha o‘qitiladi. Loyiha konsepsiyasi kompyuter dasturlash bo‘yicha chuqur malaka oshirishga ixtisoslashish, bu orqali oliy ta’lim va AKT rivojiga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida bandlik darajasini oshirishga hissa qo‘shishga qaratilgan. Qo‘shimcha ma’lumot uchun www.astrum.uz saytiga tashrif buyuring.
Beeline Uzbekistan kompaniyasi haqida
«Unitel» MChJ 2006 yil 12 sentabrdan boshlab Beeline Uzbekistan savdo belgisi ostida xizmatlar ko‘rsatib kelmoqda. Beeline Uzbekistan bosh qarorgohi Amsterdamda (Niderlandiya) joylashgan VEON xalqaro telekommunikatsiya xoldingi tarkibiga kiradi. VEON 9 mamlakatda 213 milliondan ortiq abonentga xizmat ko‘rsatuvchi global telekommunikatsiya va internet xizmatlari provayderi. Uning aksiyalari NASDAQ va Euronext Amsterdam fond bozorlarida joylashgan. Beeline Uzbekistan’da 1,6 mingga yaqin xodim ishlaydi. 2006 yildan boshlab VEON O‘zbekiston bozoriga kirib, mamlakat telekommunikatsiya sohasiga 1,2 milliard dollardan ortiq sarmoya kiritdi. Beeline SB O‘zbekistonda faoliyati davomida 1,8 milliard dollardan ortiq soliqlar to‘langan.
Batafsil ma’lumot uchun https://beeline.uz saytiga tashrif buyuring
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter