Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi tashkil etildi

Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi tashkil etildi

Foto: «YouTube»

Alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning aylanmasini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish hamda uzumchilik va vinochilikni rivojlantirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Prezident Farmoni qabul qilindi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Farmonga muvofiq quyidagilar tashkil etildi:

  • Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzurida Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi;
  • Moliya vazirligi huzurida Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi;

Quyidagi tartib belgilandi:

  • oziq-ovqat va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi tomonidan beriladigan litsenziyalar asosida amalga oshiriladi;
  • barcha yuridik shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi bilan shug‘ullanishga haqli;
  • mahalliy pivo mahsulotlari, qaynar va tabiiy vinolarni realizatsiya qilish barcha savdo korxonalari, ruxsat etish guvohnomasini olmasdan turib umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan ham amalga oshirilishi mumkin.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring