Dilshod Ikromov Uzcardning yangi rahbariga aylandi
Dilshod Ikromov «Yagona umumrespublika protsessing markazi» MChJ bosh direktori etib tayinlandi va Uzcard sistemasi rahbariga aylandi.
Buni Korxona va tashkilotlarning yagona davlat reyestridagi o‘zgarishlar tasdiqlagan.
Ikromov shu vaqtga qadar Markaziy bankning axborot texnologiyalari departamentini boshqarib kelgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Uzcard ta’sischilari ham o‘zgargandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter