Turkiston sayyohlikdan sakkiz oyda 10 million dollar ishladi
2018-yilning o‘tgan sakkiz oyida Turkiston shahrida mehmon bo‘lgan sayyohlar iqtisodiyotga 3,73 mlrd. tenge (10,48 mln. AQSh dollari) pul keltirdi. Bu haqda «Xabar 24» telekanali Turkiston tadbirkorlik va turizm bo‘limi rahbari Guljamol Daxovaga asoslanib xabar tarqatdi.
Daxovaning aytishicha, shahar hokimligi turizm sohasida kichik va o‘rta biznes rivojlanishini kutmoqda. 2018-yil oxirigacha bu yo‘nalishda 240 ta yangi ish o‘rni ochiladi. 2017-yilda sayyohlik yo‘nalishida atigi 50 ta ish o‘rni yaratilgandi.
2018-yilning o‘tgan sakkiz oyida Turkiston shahriga 900 ming nafar yoki o‘tgan yildagidan 5 foiz ko‘p sayyoh keldi. Turkistonliklar bu yil jami 2 million nafar sayyoh kelishini kutishmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter