Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston turizm imkoniyatlari Urumchi shahrida taqdim etildi

O‘zbekiston turizm imkoniyatlari Urumchi shahrida taqdim etildi

22-24 mart kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Urumchi shahrida bo‘lib o‘tgan «2025 yil Sinzyan madaniyat va turizm ko‘rgazmasi» hamda «6-Sinzyan bahorgi turizm ko‘rgazmasi»da O‘zbekistonning turizm imkoniyatlari targ‘ib etildi.

Turizm qo‘mitasi hamda Toshkent shahar hokimligi tomonidan tashkil etilgan stendda O‘zbekistonning investitsion, eksport va turizm salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimotlar o‘tkazildi.

Tadbirda Toshkent va Urumchi shaharlari turizm sohasi vakillari o‘rtasida sayyohlar sonini oshirish va turizm infratuzilmasiga investitsiya jalb qilish maqsadida bir qancha hamkorlik kelishuvlariga erishildi.

Ma’lumot uchun, Xitoy telekanali Urumchi shahrida bo‘lib o‘tgan ko‘rgazmalarda mamlakatimiz ishtiroki haqida ko‘rsatuv tayyorladi. Unda Toshkent shahrining turistik salohiyatiga alohida urg‘u berildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring