Turizm sohasida xizmatlar faoliyatini yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lgan tadbirkorlar diqqatiga
«O‘zmilliybank» AJ tomonidan bugungi kunda turizm sohasida xizmatlar faoliyatini yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lgan tadbirkorlar uchun quyidagi yo‘nalishlarda loyihalarni moliyalashtirish imkoniyatlari mavjud:
- mehmonxona, mehmon uylari, xostellar;
- milliy hunarmandchilik mahsulotlari do‘koni;
- umumiy ovqatlanish, restoran va kafeteriylar;
- bouling hamda hordiq chiqarish markazlari;
- turistik ko‘ngilochar maskanlar;
- aviakassa, turoperator va turagent xizmati.
Turizm yo‘nalishidagi loyihalar bank tomonidan quyidagi mezonlar orqali saralanadi:
- Loyiha joylashuvidagi hududning ixtisoslashuvi;
- Transport qatnovi mavjudligi;
- Hududdagi raqobat darajasi;
- Tarixiy obidalarning mavjudligi.
Ushbu loyihalarni moliyalashtirishga kreditlar quyidagi shartlar asosida amalga oshiriladi:
1. Milliy valyutada:
- Kredit maksimal miqdori: 5,0 mlrd. so‘m;
- Kredit muddati: 5 yilgacha;
- Imtiyozli davr: 12 oy;
- Kredit foizi: yillik 22 %,
(hisoblangan foizlarning 4,5 foizi Tadbirkorlarni qo‘llab quvvatlash jamg‘armasi tomonidan qoplab berilganda 17,5%)
- To‘lov muddati: har oyda;
- Boshqa shartlar: loyihada mijozning o‘z ulushi kamida 30% bo‘lishi lozim.
2. Xorijiy valyutada:
- Kredit maksimal miqdori: 1,0 mln. AQSh dollarigacha;
- Kredit muddati: 5 yilgacha;
- Imtiyozli davr: 12 oy;
- Kredit foizi: yillik 7,9 %;
- To‘lov muddati: har oyda;
- Boshqa shartlar: loyihada mijozning o‘z ulushi kamida 30% bo‘lishi lozim.
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin:
Tel: (78) 148-00-10, 147-15-22, 150-96-96, 150-70-72
Shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lganlar ushbu havolalar orqali ma’lumot olishlari mumkin:
https://nbu.uz/uz/small-business/tourism-development/
https://www.youtube.com/watch?v=cm40Mf4gb6c
Ishonch bilan tashlangan qadam g‘alaba sari yetaklaydi
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter