Toshkentda maktab o‘quvchisi ayanchli jinoyat sodir etdi
Toshkentda maktab o‘quvchisi tanishini pichoqlab qo‘ydi.
Bosh prokuratura Matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning ma’lumot berishicha, mazkur holat joriy yilning 22-may kuni soat 23:30 atrofida Olmazor tumanida sodir bo‘lgan.
2004-yilda tug‘ilgan bola (242-sonli maktab o‘quvchisi) uning Samsung telefonini olib qo‘yishga harakat qilgan tanishi bilan janjallashib, o‘tkir tig‘li jism bilan bir necha marotaba tan jarohat yetkazgan va voqea joyidan yashiringan.
Oqibatda olingan tan jarohatlari natijasida jabrlanuvchi shaxs vafot etgan.
Hozirda holat yuzasidan JKning 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi shaxs ushlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter