Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent shahar hokimligi va Tatariston Respublikasi o‘rtasida kelishuv imzolandi

Toshkent shahar hokimligi va Tatariston Respublikasi o‘rtasida kelishuv imzolandi

Foto: Toshkent shahar hokimligi

Bugun «Chirchiq» kimyo-industrial texnoparkida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov ishtirokida Toshkent shahar hokimligi va Tatariston Respublikasi Hukumati o‘rtasida hamkorlik yuzasidan «Yo‘l xarita»si imzolandi.

Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev va Tatariston (Rossiya Federatsiyasi) prezidenti Rustam Minnixanov 2022-2023 yillarda Toshkent shahar hokimligi va Tatariston Respublikasi Hukumati o‘rtasida kengaytirilgan hamkorlik bo‘yicha «Yo‘l xarita»siga imzo chekdilar.

Hujjatga muvofiq, har ikki hududda savdo-iqtisodiy faoliyat, shaharsozlik, munitsipal boshqaruv, transport, uy-joy kommunal xo‘jaligi, obodonlashtirish va ijtimoiy sohalarda o‘zaro tajriba almashinuvi, shuningdek, madaniyat, yoshlar, ilm-fan, ta’lim, turizm, sport, axborot texnologiyalari kabi qator sohalarda hamkorlik qilish masalalari ko‘zda tutilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring