Tokioda O‘zbekiston-Yaponiya biznes-forumi bo‘lib o‘tdi
16-dekabr kuni Tokio shahrida O‘zbekiston-Yaponiya biznes-forumi forumi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston tomonidan vazirliklar, idoralar, tarmoq birlashmalari va tijorat banklari rahbarlari, Yaponiya tomonidan esa ishbilarmon doiralar vakillari – yirik xoldinglar, moliyaviy tashkilotlar va ko‘p tarmoqli sanoat korporatsiyalari rahbarlari ishtirok etdilar. Bu haqda AKT vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Forum ishtirokchilari O‘zbekistonda investitsiya va tashqi savdo faoliyatini olib borish uchun muayyan sektorda yaratilgan shart-sharoitlar bilan batafsil tanishish, hamkorlikning o‘zaro manfaatlari va istiqbollarini muhokama qilish hamda kelgusida birgalikda ishlab chiqish maqsadida aniq loyiha takliflarini ko‘rib chiqish imkoniga ega bo‘ldilar.
Forum yakunida qo‘shma loyiha va tashabbuslarni amalga oshirish borasida qator ikki tomonlama hujjatlar imzolangan.
Biznes-forum O‘zbekiston va Yaponiya ishbilarmon doiralarining keng ko‘lamli yo‘nalishlardagi ikki tomonlama hamkorlik salohiyatini yoritish uchun samarali maydon bo‘lib, yangi investitsiya tashabbuslari va savdo bitimlarini amalga oshirish orqali erishilgan kelishuvlarni mustahkamlash va sheriklik ko‘lamini kengaytirish uchun tegishli sharoit yaratish imkonini berdi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaponiya Bosh vaziri Sindzo Abening taklifiga binoan 17 dekabr kuni rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter