Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tokioda hukmron partiya shtab-kvartirasiga hujum bo‘ldi

Tokioda hukmron partiya shtab-kvartirasiga hujum bo‘ldi

49 yoshli erkak Yaponiya Liberal-demokratik partiyasi shtab-kvartirasiga yonuvchi modda solingan bir nechta shishani (molotov kokteyli) uloqtirdi.

Tokio politsiya departamenti ma’lumotlariga ko‘ra, erkak mikroavtobusni bino yoniga olib borgan va keyin besh-oltita shishani uloqtirgan. Hech kim jabrlanmagan, shishalardan biri politsiya mashinasiga tushgan.

Shundan so‘ng, erkak mamlakat bosh vaziri qarorgohi panjarasini buzib o‘tmoqchi bo‘lgan va tutunli bombaga o‘xshash narsani uloqtirgan. Politsiya hujumchini qo‘lga oldi va hozir uning maqsadini aniqlamoqda.

Hukmron partiya shtab-kvartirasiga hujum parlament saylovlariga sakkiz kun qolganida sodir etilgan. Saylovlar Liberal-demokratik partiyadagi korrupsiya mojarolari va uning rahbari o‘zgarishi fonida ertaroq o‘tkaziladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring