Tokio universitetida abituriyent uch kishini pichoq bilan yaraladi
Tokio universitetining 17 yoshli abituriyenti kirish imtihonlarida pichoq bilan uch kishini yaraladi. Bu haqda «Kyodo News» ma’lum qildi.
O‘smir ikki talaba (yigit va qiz) va 72 yoshli erkakka jarohat yetkazgan. Qo‘lga olingan abituriyent o‘z qilmishini olgan baholaridan noroziligi bilan ifodalab, shu bois «hodisani uyushtirib, joniga qasd qilishga» qaror qilganini aytgan.
Barcha jabrlanganlar tasodifiy odamlar: imtihonga ketayotgan yigit va qizga orqa tomondan pichoq urilgan, keksa kishi esa politsiyaga qo‘ng‘iroq qilgani uchun hujumga uchragan.
Sodir bo‘lgan voqeaga qaramasdan, Tokio universiteti o‘sha kuni imtihonlarni bekor qilmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter