Surhan Gas Chemical Operating Company rasmiy munosabat bildirdi
Bir qator xorijiy ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston Respublikasining energetika sohasi to‘g‘risidagi ishonchsiz ma’lumotlar tarqatilgani ochiq tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi kompaniyalar faoliyatini shubha ostiga qo‘ymoqda.
«Mustaqillikning 25-yilligi» konini qazish to‘g‘risida noto‘g‘ri axborot tarqatilgani bois Surhan Gas Chemical Operating Company quyidagilarni ma’lum qiladi.
«Surhan Gas Chemical Operating Company» YaTT MChJ «O‘zbekiston mustaqilligi» investitsion blokiga nisbatan mahsulotlarni taqsimlash haqida bitim bo‘yicha Operator bo‘lib, unda O‘zbekiston Respublikasi Curxondaryo viloyatida gaz-kimyo majmuasini qurish bilan «Mustaqillikning 25 yilligi» koni o‘rganish va qazish ko‘zda tutilgan. Surhan Investments Limited (Gonkong) bitimga ko‘ra investor hisoblanadi.
2017 yilda «Mahsulot taqsimotiga oid bitimlar to‘g‘risida»gi 7 dekabr 2001 yildagi 312-II-son Qonunga muvofiq Surxondaryo viloyatidagi «O‘zbekiston mustaqilligi» investitsion bloki bo‘yicha bitim imzolandi. Ushbu bitim O‘zbekiston Respublikasidagi boshqa kon va bloklarga taalluqli emas.
Bitim bo‘yicha investorning benefitsiari o‘zbek tadbirkori Fozilov B.Sh. va rossiyalik tadbirkor Filatov A.V, shuningdek aksiyalarning 20 foizi «O‘zbekneftegaz» AJ davlat kompaniyasiga tegishli. Ta’kidlash joizki aksionerlar tarkibida boshqa investor va ishtirokchilar yo‘q.
Bitimni imzolash vaqtida konda qazish ishlari olib borilmagan. Kondagi birinchi quduq 1975 yilda «O‘zbekneft» uyushmasi tomonidan qazilgan. Keyingi qirq yildan ortiq vaqt davomida konni ishga tushirishning iloji bo‘lmadi, chunki uning zaxiralarini olish qiyin, gaz yuqori oltingugurtlidir, konning o‘zi esa juda murakkab tog‘-geologik shart-sharoitlar bilan tavsiflanadi va bu DeGolyer & MacNaughton xalqaro kompaniyasining xulosalar bilan tasdiqlangan. 2006-2008 yillarda Petronas xalqaro kompaniyasining jalb qilinishi ham qazish bosqichiga o‘tishga imkon bermadi.
Investor geologik qidiruv ishlarini olib borish, konni o‘zlashtirish, zavod va zarur infratuzilmani amalga oshirish majburiyatlarini o‘z zimmasiga oldi. Shu bilan birga, investor «Mahsulot taqsimotiga oid bitimlar to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq loyihaning barcha moliyaviy va geologik xavflarini o‘z zimmasiga oladi.
Loyihaga zarur investitsiyalar hajmi 2 milliard AQSh dollardan ko‘proq baholanib, bu ko‘rsatkich o‘sishi ko‘zda tutilmoqda. Barcha investitsiyalar investor tomonidan davlat mablag‘larini jalb qilmasdan «Mahsulot taqsimotiga oid bitimlar to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq amalga oshiriladi.
«Mahsulot taqsimotiga oid bitimlar to‘g‘risida»gi Qonuniga ko‘ra bitim bo‘yicha barcha ishlar O‘zbekiston Respublikasida ta’sis etilgan operator tomonidan amalga oshiriladi. Ishni bajarish uchun operator neft va gaz sohasida katta tajribaga ega bo‘lgan O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlardan eng malakali kadrlarni jalb qilmoqda. Operator faoliyati bir necha bosqichlarda bevosita davlat tomonidan, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari va Vazirlar Mahkamasi vakillari bo‘lgan Boshqaruv qo‘mitasi orqali nazorat qilinadi. Operatorning yillik ish dasturlari, budjetlari, muhim shartnomalari va audit hisoboti Boshqaruv qo‘mitasi bilan kelishiladi.
Gazni qayta ishlash zavodi qurilishi tugagandan so‘ng va ishlab chiqarish boshlanishi, gaz sotishdan tushgan tushum (soliqlar keyin xarajatlarni qoplash) O‘zbekiston Respublikasi va investor o‘rtasida 50 ga 50 foiz (50/50%) bo‘lgan nisbatda taqsimlanadi va loyihaning moliyaviy ko‘rsatkichlari yaxshi bo‘lgan taqdirda Davlat ulushi 80% ni tashkil qiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter