So‘nggi olti yilda 1 ming 400 ga yaqin soliq imtiyozi berildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida iqtisodiyot tarmoqlariga yo‘naltirilgan imtiyozlar samaradorligi tahlili bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Insonlar o‘z biznesini boshlashi, nochor korxonalar yoki chekka hududlar «oyoqqa turib olishi» va yangi eksport bozorlariga kirishi uchun ba’zan yordam kerak. Bu pirovard natijada yangi ish o‘rinlari paydo bo‘lishi va aholi daromadlari oshishiga xizmat qiladi.
Shu maqsadda oxirgi yillarda bir qator imtiyozlar joriy etildi. 2021-yilda ularning jami hajmi 51 trillion so‘mni tashkil qilgan. Natijada o‘tgan yili 170 mingta yangi tadbirkorlik sub’yekti ochilgan, 500 mingdan ziyod ish o‘rni yaratilgan.
Oxirgi olti yilda birgina soliq sohasida 1 ming 400 ga yaqin imtiyozlar taqdim etilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter