Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Soliq auditi haqida nimalar bilasiz?

Soliq auditi haqida nimalar bilasiz?

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga «Soliq auditini o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi idoralarning qarori loyihasi joylashtirildi.

Hujjat loyihasiga ko‘ra, soliq auditi – muayyan davr uchun soliqlar, yig‘imlarning to‘g‘ri hisoblanishi va to‘lanishini, shuningdek nazorati soliq organlari zimmasiga yuklatilgan qonun hujjatlariga rioya qilinganligini soliq to‘lovchining buxgalteriya, moliya, statistika, bank hujjatlari hamda boshqa ma’lumotlarini o‘rganish va tahlil qilish yo‘li bilan tekshirish hisoblanadi.

—   Nizom bilan, Soliq auditi quyidagi soliq to‘lovchilar toifalarida o‘tkazilishi belgilanmoqda:

—   soliq organining talabnomasiga javoban aniqlashtirilgan soliq hisobotini taqdim etmagan, yoxud aniqlangan tafovutlar bo‘yicha asos keltirilmagan, yoki taqdim qilingan asosnomalar qonun hujjatlariga muvofiq emas deb topilgan soliq to‘lovchilarda;

— yuqori darajadagi tavakkalchilik toifasiga mansub bo‘lgan soliq to‘lovchilar (soliq agentlarida);

—   ixtiyoriy tugatilayotgan soliq to‘lovchilarda.

Qayd etilishicha, Soliq auditini o‘tkazish muddati o‘ttiz ish kunigacha davom etadi. Soliq auditini o‘tkazish muddati ikki oygacha, alohida hollarda esa uch oygacha uzaytirilishi mumkin.

Muhokama joriy oyning 20 sanasiga qadar davom etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring