Shuhratbek Abdurahmonov tadbirkorlardan «karantindan chiqish»ni so‘radi
Ayni paytda mamlakatimizda tarqalgan pandemiya tufayli tadbirkorlarning aksariyati o‘z faoliyatini vaqtincha to‘xtatgan edi. Andijon viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonov viloyat tadbirkorlariga murojaat qilib, ishlab chiqarish korxonalari faoliyatini yo‘lga qo‘yishlari chaqirig‘i bilan chiqdi.
– Koronavirus pandemiyasi bizni ancha murakkab ahvolga solib qo‘ydi. Lekin bu bilan hayot to‘xtab qolmasligi kerak. To‘g‘ri, xalqimiz salomatligi hamma narsadan ustun. Biroq, ishlab chiqarishni davom ettirmaydigan bo‘lsak, butun iqtisodiyotimiz izdan chiqib ketishi, ertaga bugungidan-da murakkab vaziyatga tushib qolishimiz mumkin. Shuning uchun 30-50 nafar ishchi ishlaydigan turli yo‘nalishlardagi sexlar, umuman, barcha katta-kichik ishlab chiqarish korxonalari faoliyatini tiklashimiz lozim, – dedi viloyat hokimi onlayn murojaatda.
Shuningdek, ish boshlagan korxonalarda ishchi-xizmatchilar salomatligini nazorat qilish, dezinfeksiya ishlarini tashkil etish uchun shifokor va mutaxassislar biriktirib berilishini aytib o‘tgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter