Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

ShHTning Samarqand sammiti iqtisodiy hamkorlikning yangi jabhalarini belgilab beradi

ShHTning Samarqand sammiti iqtisodiy hamkorlikning yangi jabhalarini belgilab beradi

Joriy yil 15-16-sentyabr kunlari ShHTning Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan sammiti, geosiyosiy va iqtisodiy vaziyatning hozirgi holatini hisobga olgan holda, alohida ahamiyatga ega bo‘lib, tashkilot rahbarlari uchun global kun tartibidagi barcha dolzarb masalalarni muhokama qilish uchun juda o‘z vaqtida va samarali platforma yaratilishi kutilmoqda. Sammitda muhokama qilinadigan eng muhim masalalardan biri iqtisodiy hamkorlikni yangi jabhalarini belgilab olishga qaratiladi.

2021-yil yakunlariga ko‘ra ShHTga a’zo tashqi savdoning o‘sishi 33 foizga oshib, 8 trillion dollardan oshdi va a’zo davlatlar o‘rtasidagi ichki savdo aylanmasi qariyb 40 foizga o‘sib, 768 milliard dollarni tashkil etdi (MOXI ma’lumotlari). Bu ko‘rsatkichlar, ayniqsa, YaIM 50-100 mld dollargacha bo‘lgan a’zo mamlakatlar uchun yangi imkoniyatlar ochilishi mumkinligini anglatadi.

Mamlakatimizning investitsiya imkoniyatlarini oshirish, ShHT davlatlari o‘rtasida kapital almashinuvini yangi bosqich va miqdorga ko‘tarish,  ushbu masala bo‘yicha mas’ul vazirlik va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish, ikki tomonlama manfaatlarni ro‘yobga chiqarish va iqtisodiy islohotlarni mustahkamlashga xizmat qiladi.

O‘zbekistonning «iqtisodiy» tashabbuslari qatorida ShHT ishbilarmonlar Kengashi doirasida o‘zaro sarmoyalarni ilgari surish bo‘yicha global moliyaviy-iqtisodiy tahlikalarni yumshatishga qaratilgan qo‘shma harakat rejasini ishlab chiqishi turmush darajasining keskin pasayib ketishini oldini olish, oziq oaqat xavfsizligini ta’minlash va iqtisodiy yuksalishga erishish hisobidan aholi turmush farovonligini oshirish chora-tadbirlarini qamrab oladi.

Sammitda ShHTning mintaqalararo savdoni rivojlantirish dasturi imzolanishi rejalashtirilgan. Bunda, har bir a’zo mamlakatning ichki imkoniyatlari va tashqi hamkorlik omillari nafaqat o‘zaro savdo-sotiqni, shu bilan birga milliy ishlab chiqarish yo‘nalishlarining trasformatsiya qilinishiga erishish mumkin bo‘ladi. Natijada o‘zaro savdo-sotiqni tovarlar va xizmatlar nomenklautrasining kengayishi,  tarkibining yanada yangilanishi va oqibatda, tashkilotning barcha a’zolarining iqtisodiy salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.

Shuningdek, ShHTga a’zo davlatlar farovonligini rivojlantirish uchun O‘zbekiston tomonidan sanoat kooperatsiyasini rag‘batlantirish bo‘yicha taklif etilgan dasturning qabul qilinishi, iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishida o‘zgarishlarni ta’minlab, ishga solinmagan ishlab chiqarish salohiyatini yuzaga chiqarish, iqtisodiy o‘sishning yangi nuqtalarini yaratish, yangi ish o‘rinlarini barpo etish, jumladan xotin-qizlar va yoshlar tadbirkorligini yangi pog‘onaga ko‘tarish hamda uchinchi mamlakatlarga qo‘shimcha qiymatli mahsulotlar eksportining tarkibini kengaytirish imkonini beradi.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, ShHTga a’zo davlatlarning asrlar davomida «Buyuk Ipak yo‘li» bilan birlashgan, Sharqdan G‘arbga va G‘arbdan Sharqga tovarlar va xizmatlar ayirboshlanuvini ta’minlovchi trasport arteriyasini shakllantirish va ishga tushirish o‘zaro bog‘liqlikdagi ulkan salohiyat mavjudligini real voqelikka aylantiradi. Bu yo‘nalishda Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘l aloqasi loyihasini amalga oshirish juda istiqbolli hisoblanadi.

Shu bilan birga, zamonaviy sharoitda O‘zbekiston Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqalarining o‘zaro bog‘liqligi tashabbusini, shu jumladan Termiz–Mozori-Sharif–Qobul–Peshovar temir yo‘lini qurishni faol ravishda ilgari surmoqda, bu nafaqat ShHTga a’zo davlatlarning logistika imkoniyatlarini kengaytiradi, balki shuningdek, Afg‘onistonni tinch yo‘l bilan qayta qurish va Shimoliy-Janubiy yo‘nalishdagi savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirishga xizmat qiladi.

ShHTga a’zo davlatlarning o‘zaro manfaatli aloqalarini rivojlantirish va samarali trasport logistikasini yaratish uchun konseptual loyihalarni amalga oshirish uchun O‘zbekiston tomonidan taklif etilgan yo‘l xaritasini qabul qilishga alohida e’tibor qaratish lozim. Bu a’zo davlatlarning ShHTning traspor va tranzit salohiyatini ochilishiga imkon yaratadi, savdoda yangi bozorlarni qamrab olish geografiyasini kengaytirish, yangi bozorlar uchun ishlash ta’sirida ishlab chiqarish turlarining rivojlanishiga turtki bo‘ladi. Natijada, yangi manfaatlar qondirilishi uchun texnik-texnologik hamkorlik ko‘chayib, iqtisodiy aloqalarning yangi va kengaytirilgan zamonaviy turlari qaror topadi.

Xulosa qilib aytganda, ShHT a’zo davlatlar rahbarlari tomonidan tasdiqlanadigan bir qator konseptual hujjatlarning ahamiyati va sonini hisobga olgan holda, sammit natijalari ShHTning faoliyatida yangi davrni boshlab beradi.

Rustam HASANOV,

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi

Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti loyiha rahbari,

iqtisodiyot fanlari doktori, professor

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring