Senat atom to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi
Oliy Majlis Senati yigirma birinchi yalpi majlisida «Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish to‘g‘risida»gi qonunni ko‘rib chiqildi.
Qayd etilishicha, dunyo bo‘yicha elektr energiyasiga bo‘lgan talab tobora ortib bormoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatimizda iqtisodiy taraqqiyot, aholi soni va turmush farovonligining o‘sishi natijasida elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyoj 2030-yilga kelib 117 milliard kVT soatga yetadi.
Respublikamiz iqtisodiyoti va aholisining energiya resurslariga bo‘lgan ehtiyoji energiyaning qayta tiklanmaydigan manbalaridan foydalanish hisobiga qoplanmoqda. Mamlakatimiz energiya manbai sifatida tabiiy gazga qaram. Chunki ishlab chiqariladigan elektr energiyasining 85 foizi aynan tabiiy gaz orqali qoplanadi. Vaholanki, mamlakatimizda uran xomashyosining ulkan zaxirasi mavjud. Shunday bo‘lsada, amalda atom energetikasi salohiyati ishga solinmagan.
Senatorlar mamlakatimizning amaldagi qonunchiligida atom energiyasidan foydalanishni tartibga soluvchi maxsus norma mavjud emasligi soha rivoji yo‘lida turli qiyinchiliklarni vujudga keltirayotganini qayd etdi.
Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.
Ma’qullangan qonun Prezident tomonidan imzolanib, belgilangan tartibda e’lon qilingach rasmiy kuchga ega bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter