Sariosiyoda yangi sel suv ombori quriladi
Vazirlar Mahkamasining «Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida Obizarang sel suv omborini qurish» loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaror loyihasi Normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi portaliga joylashtirildi.
Qarorga ko‘ra, 13,15 mln. kub metr hajmdagi sel suv ombori qurilishi bosh loyiha tashkilotchisi – «O‘zsuvloyiha» AJ tomonidan amalga oshiriladi.
Loyihani amalga oshirish muddati 2023-yil 30-aprel qilib belgilanmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter