"Sariosiyo" aeroporti 20 yildan so‘ng yana ish boshladi

"Sariosiyo" aeroporti 20 yildan so‘ng qayta faoliyatini boshladi.
Bugun, 30-may kuni Sariosiyo aeroporti “Silk avia” aviakompaniyasining ilk reysini qabul qildi. Toshkentdan bortida 48 nafar yo‘lovchi bilan uchgan samolyot mahalliy vaqt bilan soat 15:41 da aeroportga kelib qo‘ndi. Yo‘lovchilar an’anaviy suv arkasi va milliy kuy-qo‘shiqlar bilan kutib olindi.
Avval xabar qilinganidek, viloyat aeroportida aerodromning sun’iy yuzalarida, ya’ni uchish-qo‘nish yo‘lagi, burilish yo‘lakchasi va samolyotlar uchun turish joylarida kapital ta’mirlash ishlari olib borildi. Ushbu rekonstruksiya ishlaridan so‘ng aeroport 29 aprel kuni birinchi texnik parvozni qabul qildi.
Bir oy ichida 1100 kvadrat metr maydon va soatiga 100 nafargacha yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish quvvatiga ega yangi terminal qurish bo‘yicha barcha ishlar yakunlandi. Bugun Sariosiyo aeroporti muntazam reyslarni amalga oshira boshlab, ilk yo‘lovchilarini qabul qildi.
Toshkent - Sariosiyo - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar haftasiga ikki marta - chorshanba va juma kunlari Silk Avia aviakompaniyasining tomonidan ATR-72-600 havo kemalarida amalga oshiriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter