Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent — Sariosiyo yo‘nalishida ilk sinov parvozi amalga oshirildi

Toshkent — Sariosiyo yo‘nalishida ilk sinov parvozi amalga oshirildi

Prezident topshirig‘iga ko‘ra, mutaxassis va ekspertlaridan iborat ishchi guruh Toshkent – Termiz, Termiz – Sariosiyo, Sariosiyo – Toshkent yo‘nalishida ilk sinov parvozlarini amalga oshirdi.

Ishchi guruh tomonidan ICAO‘ning xalqaro normalariga muvofiq, Sariosiyo aerodromidan fuqaro aviatsiyasi parvozlarida foydalanish talablari, mavjud infratuzilma, Sariosiyo aerodromining «ATR-72» havo kemalarini qabul qilish imkoniyatlari o‘rganildi. Shuningdek, fuqaro aviatsiyasi xalqaro normalariga muvofiq yo‘lovchi terminalini barpo etish va zaruriy infratuzilmani yaratish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Belgilangan vazifalar amalga oshirilganidan so‘ng hududga jalb etilgan turistlar va mahalliy aholini aviamobilligini ta’minlash bo‘yicha «ATR-72», «Let L-410» va undan kichik turdagi havo kemalari orqali aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring