Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘iston uran qazib olishni kamaytirdi

Qozog‘iston uran qazib olishni kamaytirdi

Foto: «Kazatomprom»

Qozog‘iston energetika vaziri Mahambet Dosmuhambetovning bildirishicha, Qozog‘iston 2018-yilning to‘qqiz oyida uran qazib olishni 7,4 foizga — 16 ming tonnagacha qisqartirdi. Bu haqda «REGNUM» axborot agentligi xabar berdi.

Sababi, jahon bozorida uran narxi pasayib ketgan, hozir uning bir funti 27,45 dollardan sotilyapti.

Davlatga qarashli «Qazatomsanoat» kompaniyasi va uning tarkibidagi korxonalar ayni paytda jahondagi uranning 40 foizini qazib chiqarmoqda.

Qozog‘iston ishlab chiqarishni kamaytirish hisobiga global bozordagi mahsulot muvozanatini barqarorlashtirish orqali uran qazib olish va ishlab chiqarishda samaradorlikka erishmoqchi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring