Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘iston qoramol eksportiga taqiq qo‘ydi: jonivorlar asosan O‘zbekistonga sotilgan

Qozog‘iston qoramol eksportiga taqiq qo‘ydi: jonivorlar asosan O‘zbekistonga sotilgan

Qozog‘iston qishloq xo‘jaligi vazirligi tirik qoramol eksportiga taqiq qo‘ydi. Bu haqda vazirlik saytida xabar berildi.

O‘tgan, 2019-yilda Qozog‘iston chetga 156 ming bosh qora mol eksport qilgan. Shundan 121,6 ming boshi (78%) O‘zbekistonga to‘g‘ri kelsa, yana 14 foizi Armaniston hisobiga to‘g‘ri keladi.

Bundan tashqari, mamlakatdan deyarli 264 ming bosh qo‘y olib chiqilgan bo‘lib, ularning yarmi naslchilik zotlari bo‘lgan. Ularning ham asosiy haridori O‘zbekiston hisoblanadi va qo‘shni davlatga 200 ming (76%) bosh qo‘y sotilgan. Rossiyada bu ko‘rsatkich 21,5 ming (8,1%)ni tashkil qilgan bo‘lsa, keyingi o‘rinlarda Ozarbayjon (18 ming 6,7%) va Eron (12 ming 4,5%) joylashgan.

Xabarda aytilishicha, chorva mollarining ommaviy ravishda eksport qilinishi go‘sht mahsulotlariga bo‘lgan spekulyativ narxlarning oshishiga zamin yaratgan.

Qozog‘iston hukumati shularni hisobga olgan holda, amaldagi tartiblarga o‘zgartirishlar kiritib kelgusi yillarda mamlakat chorva mollari sonini saqlab qolish va ko‘paytirish, mahalliy go‘shtni qayta ishlash korxonalarini yuqori sifatli xom ashyo bilan to‘ldirish va tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarishga qaratilagan ishlarni amalga oshirishni boshlamoqchi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring