Qoraqalpog‘iston va Qashqadaryoda «Urgut» EIZ filiallari tashkil etiladi
2023-yilda sanoat zonalari va yirik investitsiya loyihalari infratuzilmasi uchun 1,7 trillion so‘m yo‘naltiriladi.
Shuningdek, «G‘ijduvon» va «Qo‘qon» erkin iqtisodiy zonalari hududi kengaytiriladi.
Qoraqalpog‘iston va Qashqadaryoda «Urgut» erkin iqtisodiy zonasining filiallari tashkil etiladi.
Mutasaddilarga:
- 1-iyulga qadar sanoat zonalariga ajratilgan mablag‘lar hisobiga infratuzilma masalasini hal etish;
- yil yakuniga qadar sanoat zonalarida 1 ming 264 ta loyihani ishga tushirib, qo‘shimcha 3 trillion so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarishni ta’minlash topshirildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter