Qator tashkilotlar monopol huquq va imtiyozlaridan mahrum bo‘lishi mumkin
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raqobat muhitiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan tadbirkorlik sub’yektlariga beriladigan eksklyuziv huquqlar, imtiyozlar, individual soliq va bojxona imtiyozlarini bekor qilish to‘g‘risidagi prezident Farmoni va Qonun loyihalarini ishlab chiqdi.
Bu haqda qo‘mita axborot xizmati xabar berdi.
Loyihalarda «O‘zmetkombinat» AJning qora metallarni, «O‘zavtorsvetmet» AJning rangli metallarni, «Davlat belgisi» DUKning turli xil qog‘oz mahsulotlarini ishlab chiqarishidagi monopol holati va eksklyuziv huquqlarini, «O‘zstandart» agentligiga tegishli o‘lchov vositalarini tekshirish va shtrix-kodlarni berish bo‘yicha korxonalari kabi monopoliyalarni bekor qilish ko‘zda tutilgan.
Bundan tashqari muayyan sohalarda loyihalash ishlari uchun individual dizayn institutlari, alohida davlat idoralariga xizmat ko‘rsatadigan individual sug‘urta kompaniyalari monopol holati bekor qilinishi ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, biznes uchun teng bo‘lmagan shart-sharoitlarni, xususan, «O‘zbekipaksanoat», «O‘zyog‘moysanoat», «O‘zeltexsanoat», «Parrandasanoat», «O‘zbekistonasalarichilari», kartoshka ishlab chiqaruvchilar, «O‘zcharmsanoat» kabi turli birlashmalar a’zolariga, «Xalq bank», «Mikrokreditbank”, «Agroeksportbank» tijorat banklari, individual paxta va to‘qimachilik klasterlarga beriladigan imtiyoz va preferensiyalarini bekor bo‘lishi ko‘zda turilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter