Prezident raisligida videoselektor yig‘ilishi boshlandi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda muhim o‘rin tutgan sohalarni keng qo‘llash orqali go‘sht, sut va tuxum ishlab chiqarish hajmini oshirish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlandi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar bermoqda.
«Biz “Inson qadri uchun” tamoyili asosida kelgusi besh yilda kambag‘allikni kamida 2 baravarga qisqartirishni oldimizga maqsad qilib qo‘ydik.
Pandemiya davom etayotgani, iqlim o‘zgarishi, suv tanqisligi kabi omillar dunyo bo‘ylab oziq-ovqat mahsulotlari narxining o‘sishiga sabab bo‘lmoqda.
Aholi kundalik iste’mol xarajatlarining 30 foizini go‘sht, sut va tuxum kabi mahsulotlar tashkil etadi.
Shu bois, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning muhim tarmog‘i – chorvachilik sohasini qo‘llab-quvvatlash, resurs tejovchi texnologiyalarni keng qo‘llash orqali go‘sht, sut va tuxum ishlab chiqarish hajmini oshirish har kungidan ham dolzarb va ustuvor ahamiyat kasb etmoqda», dedi davlatimiz rahbari yig‘ilish avvalida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter