Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident qarori bilan Zominda tog‘-chang‘i kurorti tashkil etiladi

Prezident qarori bilan Zominda tog‘-chang‘i kurorti tashkil etiladi

Shavkat Mirziyoyevning «Zomin» turistik-rekreatsion zonasi faoliyatini hamda xalqaro umummavsumiy tog‘-chang‘i kurortini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Qayd etilishicha, Turkiyaning «Idealist» kompaniyasi tomonidan Zomin tumanida erkin turistik zonaning bosh rejasi loyihasi ishlab chiqilgan. Ushbu bosh reja loyihasida investitsiyalarni, shu jumladan, turizm (joylashtirish vositalari, dor yo‘llari, restoranlar, savdo shoxobchalari va boshqa turizm infratuzilmasi ob’yektlari), yo‘l-transport va kommunal infratuzilmani rivojlantirishga yo‘naltirilgan mablag‘larini jalb qilish nazarda tutilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring