Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zsanoatqurilishbank xalqaro moliya institutlari va banklar bilan hamkorlikni kengaytirmoqda

O‘zsanoatqurilishbank xalqaro moliya institutlari va banklar bilan hamkorlikni kengaytirmoqda

Joriy yilning 30 sentyabrida «O‘zbekiston: iqtisodiy islohotlarning yutuqlari va ularning istiqbollari» mavzusidagi O‘zbekiston iqtisodiy forumi doirasida O‘zsanoatqurilishbank xorijiy hamkorlar bilan umumiy miqdori 71,6 million AQSh dollarini tashkil etuvchi bir qator bitimlar imzoladi.

O‘zsanoatqurilishbank va ICBC Standard Bank (Buyuk Britaniya) o‘rtasida 25 mln. AQSh dollari miqdoridagi kredit bitimi hamda banklar o‘rtasida xalqaro hisob-kitoblar, g‘aznachilik operatsiyalari, savdo va loyihalarni moliyalashtirish sohasidagi munosabatlarni mustahkamlash hamda bank xodimlari uchun o‘quv kurslar, seminarlar, treninglar va amaliyot dasturlari tashkil qilishni ko‘zda tutuvchi O‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.



Savdo-moliyalashtirish yo‘nalishida imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida O‘zsanoatqurilishbank Osiyo taraqqiyot banki (OTB) bilan 16,6 million AQSh dollari miqdoridagi «Revolver kredit liniyasini taqdim etish to‘g‘risida»gi Bitim va «AK BARS» banki (Rossiya Federatsiyasi) bilan savdoni moliyalashtirish bo‘yicha 30 mln. AQSh dollari miqdoridagi Hadli Bitim imzoladi.

Ushbu bitimlar O‘zsanoatqurilishbank hududiy bo‘linmalari orqali tadbirkorlik sub’yektlariga, shu jumladan kichik va o‘rta biznesning dolzarb loyihalariga yo‘naltirilayotgan moliyaviy resurslar hajmini oshirishga imkon yaratadi.



Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 maydagi «2020-2025 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida» Farmoni O‘zsanoatqurilishbankning xalqaro moliya institutlari va banklar bilan hamkorlikni yanada kengaytirish imkonini yaratdi, bu esa Bankka nisbatan xalqaro investorlar ishonchining ortishida muhim omil bo‘lmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring