Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zmilliybank» drayver sohalar rivojiga hissa qo‘shmoqda

«O‘zmilliybank» drayver sohalar rivojiga hissa qo‘shmoqda

Xizmat ko‘rsatish sohasi odamlar hayotini yaxshilashga qaratilgan. Bejizga rivojlangan davlatlarda ushbu soha drayver hisoblanmaydi. Odamlarning hayotini yaxshilash benihoya keng qamrovli jarayon, shu tufayli uning tarmoqlari va ko‘lami juda keng. Ushbu soha insonlarga munosib sharoit yaratib berish bilan birga mamlakat yalpi ichki mahsulotida ham o‘zining sezilarli o‘rniga ega bo‘lib bormoqda. Zero, mamlakatimizda xizmat ko‘rsatish va servis sohasining jadal rivojlanishi ta’minlandi. Shuningdek, aholini ish bilan ta’minlash orqali kambag‘allikni kamaytirish vazifasini bajarishda ham xizmatlar sohasining alohida o‘rni bor.

Shu bois boshlangan iqtisodiy taraqqiyotning yangi bosqichida xizmatlar sohasini rivojlantirishga alohida e’tibor berilyapti. Mazkur masala hamisha davlat rahbarining alohida e’tiborida bo‘lib kelmoqda, zero, bugungi kunda inson qadri har nedan ustundir.

Davlat rahbari qarori doirasida xizmatlar sohasining joylardagi «O‘zmilliybank» AJ ishtirokidagi rivojlanish jarayoni bilan Toshkent shahri misolida tanishish maqsadida, joriy yilning 27 sentyabr sanasida OAV vakillari uchun Press-tur tashkil etildi.

Press-tur doirasida ishtirokchilar Bankning Bektemir viloyati filiali faoliyati bilan ham tanishdilar.

«O‘zmilliybank» AJ Bektemir filiali 1999 yil 6 yanvarda 11 nafar ishchi xodimlar bilan ish boshlagan bo‘lsa, bugunki kunga kelib 80 ta nafar professional mutaxassislar bilan viloyatimiz aholisiga, xorijlik mehmonlarimiz va investorlarga hamda yirik tadbirkorlik sub’yektlariga o‘zlarining sifatli bank xizmatlarini ko‘rsatib kelmoqda. Davlatimiz mustaqil bo‘lganligi bilan bir qatorda O‘zbekiston Respublikasida birinchi tashkil topgan davlat banki bo‘lgan O‘zmilliybank AJ nafaqat tijorat banki balki iqtosidiyotimizda olib borilayotgan o‘zgarishlar, islohotlarni joylarda tadbiq qilishga hamda ulkan investitsion loyixalarni moliyalashtirilishida ko‘mak beruvchi lokomotiv strategik tashkilot hamdir.

Mazkur filial tomonidan ajratilgan kreditlar hisobidan tuman yirik tekstil fabrikalari, yirik sig‘imli zamonaviy muzlatgichlar, savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish markazlari, umumiy ovqatlanish maskanlari tashkil topdi. 2022 yil 1-yarim yillikda tarmoqlar bo‘yicha tahlil qilinganda:

sanoat sohasida - 450, mlrd. so‘mlik 10 ta loyiha;
qishloq xo‘jaligida –47 mldr so‘mlik 3 ta loyixa;
yoshlar qo‘llab quvvatlashga- 0
xizmat ko‘rsatishda - 2,8 mlrd. so‘m 4 ta loyihalar
boshqa soxalarda – 116 mlrd. so‘m 110 ta loyiha amalga oshirilgan.

Ushbu tadbirkorlik sub’yektlariga kredit mablag‘lari ajratilishi natijasida 1805 ta yangi ish o‘rinlari yaratilgan.

Filialda jami 44 791 ta mijozga xizmat ko‘rsatiladi. Shundan 43 926 ta jismoniy shaxslar va 865 ta yuridik shaxslar hisoblanadi. Jismoniy shaxslarning jami depozit qo‘yilmalari 37,1 mlrd. so‘mni tashkil etadi. To‘lov plastik kartochkalaridan foydalanishda qulayliklar yaratish maqsadida joylarda 5 ta bankomat, 380 ta savdo terminallari dislokatsiya qilingan.

Bundan tashqari, aholiga valyuta amaliyotlarida qulayliklar yaratish maqsadida filialga tegishli 1 ta valyuta ayirboshlash shaxobchasi va 24/7 rejimda xizmat ko‘rsatuvchi 1 ta avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash shaxobchasi (bankomat) shaxar va tuman fuqarolariga hamda tashrif buyurgan mehmonlarga xizmat ko‘rsatmoqda.

Bankning filialida zamonaviy innovatsion bank xizmatlari ko‘rsatilishiga alohida ahamiyat qaratilgan. Bank mijozlarining 65 foizi masofadan boshqariladigan bank xizmatlaridan foydalanmoqdalar. Bunda hisobraqamlarda bank aylanmalarini amalga oshirish, onlayn kredit rasmiylashtirish yoki kredit qarzdorligini qoplash, xalqaro va milliy plastik kartochkalarda xar qanday bank amaliyotlari hamda to‘lovlarni amalga oshirish, omonat rasmiylashtirish amaliyotlari, xorijiy valyutalarda konversion amaliyotlar, pul o‘tkazmalari kabi bank xizmatlaridan masofadan foydalanish mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring