«O‘zmilliybank» AJ kredit reytingi darajasi oshdi
«Moody’s Investors Service» xalqaro reyting agentligi «O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyati milliy banki» AJ kredit reytingini «Barqaror» prognozi bilan «B1» dan «Ba3» ga (O‘zbekiston Respublikasi suveren reytingi darajasiga) ko‘tardi.
«O‘zmilliybank» AJ kredit reytingining oshishi O‘zbekistonning suveren reytingi ko‘tarilishi bilan ifodalanadi. Bunga iqtisodiyotning barcha sohalarida amalga oshirilgan kompleks islohotlar dasturi, jumladan, bank tizimi transformatsiyasi, mamlakatimizda investitsiyaviy muhitni yaxshilash va xorijiy investorlarni keng jalb qilish hisobiga erishildi.
Bank kredit reytingining oshishi kompaniyalar samaradorligi va raqobatbardoshligini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.
«O‘zmilliybank» AJ reytingini oshirishga aktivlar sifati yaxshilanishi, bankning barqaror daromadi, munosib darajadagi kapitallashuvi va mijozlarning kuchli bazasi muhim omil bo‘ldi.
«Moody’s» agentligining tahliliy hisobotiga ko‘ra, «O‘zmilliybank» AJning kredit qobiliyati prognoz qilinayotgan muddatlarda barqaror bo‘ladi. «O‘zmilliybank» AJ davlat banki hisoblanib, u sifatli bank xizmatlari va mahsulotlarini taqdim etish, raqamli xizmatlar sohalarini kengaytirish, investitsiyaviy va infratuzilma loyihalarini moliyalashtirish orqali mamlakatda kechayotgan keng ko‘lamli islohotlarda faol ishtirok etadi. Bularning barchasi «Moody’s»ning joriy reytingida o‘z aksini topgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter