O‘zbekistonga kofe importi kamaydi
2024-yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekiston xorijdan 697,2 ming AQSh dollariga teng 81,4 tonna kofe import qildi, deyiladi Statistika agentligi ma’lumotlarida.
Kofe importi 2023-yilning mos davri bilan solishtirilganda 21,8 tonnaga kamaygan.
O‘zbekiston 2024-yilning yanvar-fevral oylarida 16 ta davlatdan kofe xarid qilgan.
2024-yilning dastlabki 2 oyida O‘zbekiston eng ko‘p kofe import qilgan davlatlar:
- Italiya — 27,8 tonna
- Germaniya — 15,2 tonna
- Polsha — 8,8 tonna
- Rossiya — 7,4 tonna
- Buyuk Britaniya — 4 tonna
- Braziliya — 2 tonna.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter