O‘zbekistonda «Hyundai» kompaniyasining yengil avtomobillari uchun ehtiyot qismlar yig‘ilishi mumkin
Kecha, 7 mart kuni O‘zbekiston va Janubiy Koreya ishbilarmon doiralarining biznes-forumi o‘tkazildi. Bu haqda «O‘zA» xabar berdi.
Forumda ishtirok etgan «Evergreen Motor Group» raisi Kim Chang Kyon O‘zbekistonda «Hyundai» kompaniyasining yengil avtomobillari uchun ehtiyot qismlar yig‘ish bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilinganini ma’lum qilgan.
– O‘zbekiston Janubiy Koreyaning Markaziy Osiyodagi muhim savdo sherigidir, – degan Kim Chang Kyon. – Bu savdo-sanoat, sayyohlik, qurilish materiallari, elektrotexnika va boshqa ko‘plab sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlik rivojlanib, yanada mustahkamlanayotganida ham namoyon bo‘lmoqda. Forum doirasida «Hyundai» kompaniyasining yengil avtomobillari uchun ehtiyot qismlar yig‘ish va tabiiy resurslarni qayta ishlash sohasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildik.
Bugungi kunda mamlakatimizda Janubiy Koreya sarmoyasi ishtirokida tuzilgan 460 dan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda. O‘zbekistonda Koreyaning 75 kompaniyasi o‘z vakolatxonasiga ega. Ushbu mamlakatning O‘zbekiston iqtisodiyotiga jalb etgan investitsiyalari hajmi 7 milliard AQSh dollaridan oshadi. Janubiy Koreyaning Markkaziy Osiyo davlatlari bilan mahsulot aylanmasi hajmining aksariyat qismi mamlakatimiz ulushiga to‘g‘ri kelishini alohida ta’kidlash joiz.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter