O‘zbekistonda 1 avgustdan ish haqi, stipendiya va pensiyalar oshiriladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev «Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida»gi Farmonni imzoladi.
Farmonga ko‘ra, 2019 yilning 1 avgustidan boshlab budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar hamda nafaqalar miqdori 1,1 baravar oshiriladi.
Shuningdek, 2019 yilning 1 avgustidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida eng kam:
- ish haqi – oyiga 223 000 so‘m;
- yoshga doir pensiyalar – oyiga 436 150 so‘m;
- bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa – oyiga 436 150 so‘m;
- zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa oyiga 267 650 so‘m miqdorida belgilandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter